Talabalar bandligini ta’minlash - ustuvor vazifalardan biridir
11.03.2021 1504
2021-yilning 10-mart kuni “Xalqaro huquq” fakulteti bitiruvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’ruza tashkil qilindi.
Bu uchrashuv 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra talabalar turli masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdilar.