08.03.2021 1814

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mahoratli pedagog va ajoyib inson Abdulbosit Mansurovning bevaqt vafoti munosabati bilan marhumning barcha yaqinlari va doʻstlariga hamdardlik bildiradi.

Abdulbosit Mansurov xotiramizda hamisha oʻz kasbiga cheksiz sadoqat bilan yondashgan, bilimli pedagog sifatida qoladi. Oʻsib kelayotgan avlod taʼlimi va tarbiyasiga umrini bagʻishlagan, hamkasblar mehri va hurmatini qozongan A.Mansurov namunali farzand, turmush oʻrtoq va ota edi.

Ajoyib inson haqidagi xotiralar har birimizning qalbimizda qoladi. Joyingiz jannatdan boʻlsin!