O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakillarining “Xalqaro huquq” fakulteti bitiruvchilari ishtirokida o‘tgan ma’ruzasi to‘g‘risida
04.03.2021 1809
2021-yilning 3-mart kuni “Xalqaro huquq” fakultetining 4-bosqich talabalari uchun Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi prokurorlari Oybek Sultonov hamda Akmal Azimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Departament faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida ma’ruza o‘qidilar. Bu uchrashuvni tashkil etishdan maqsad – 2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilishdan iborat.
Suhbat amaliy jarayonlarga oid misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvur va ko‘nikmalarini yanada boyitdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra talabalar turli masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdilar.