01.03.2021 1428

2021 yilning 24 fevral kuni Xalqaro munosabatlar fakultetining II bosqich talabalariga professor Petra Veylandning “Arab bahori: oqibatlari va zamonaviy holati” mavzusida onlayn ma’ruzasi o`tkazildi.

Professor P.Veyland 2011-yilda boshlangan “Arab bahori”ning yuzaga kelish sabablari va oqibatlari haqida talabalarga batafsil  ma’lumot berdi.  Shuningdek, ushbu tartibsizliklarning arab mamlakatlari dunyosi, davlat boshqaruvi, iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarga bo`lgan ta’sirini davlatlar kesimida alohida ta’kidlab o`tdi.

Mazkur ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg’otdi hamda ma’ruza yakunida professor talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.