Adliya vazirligi vakillarining 4 bosqich talabalar uchun ma’ruzasi
26.02.2021 2349
2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida 2021-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari tomonidan JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Bitiruvchilar soati” ma’ruzasi tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aytmurat Xalturdiev tomonidan Adliya vazirligi tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’lumot berildi.
Uchrashuvdagi amaliy misollar talabalarning soha bo‘yicha tasavvur va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.
Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasida istiqbolli rejalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik masalalari kelishildi va talabalar bilan fikr va mulohaza almashildi.