“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun xorijiy ekspert ishtirokida navbatdagi vebinar tashkil etildi
25.02.2021 2268
2021-yil 24-fevral kuni JIDUda yuridik fanlar nomzodi, Ural davlat iqtisodiyot universiteti “Ommaviy huquq” kafedrasi dotsenti Chudinovskaya Marina Vyacheslavovnaning “Bo‘lajak huquqshunoslarda raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish” mavzusida vebinari tashkil etildi.
“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan vebinar davomida professional huquqshunoslarni tayyorlashda raqamli ko’nikmalarning ahamiyati, bu boradagi jahon tajribasi Rossiya misolida tahlil qilindi.
Ochiq va amaliyot shaklida o‘tgan mashg‘ulot yakunida talabalar mavzu yuzasidan xorijiy ekspert bilan fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, bu kabi mashg‘ulotlarni muntazam ravishda tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.