16.11.2016 30446

2016 yilning 15 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasida “Konstitutsiya – yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda siyosiy partiyalar fraksiyalari a'zolari, huquqshunos olimlar, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari qatori yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, ularning ta’lim olish, kasb-hunar egallashi, o’z mutaxassisligi bo’yicha ishlashi va sog’lig’ini muhofaza qilishi, oila qurishi, yashash joylariga ega bo’lishi kabi o’nlab hayotiy talablarini davlat tomonidan kafolatlash va qondirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar tizimi amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tadbirda demokratik tamoyillar va umuminsoniy qadriyatlarning hayotimizga yanada keng kirib borishi uchun ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlarining o’zaro ijtimoiy hamkorligini kuchaytirish, yoshlar orasida konstitutsiyaviy g’oyalarni keng targ’ib qilish yuzasidan fikr almashildi.