“Xalqaro huquq” fakulteti talabalarini qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb qilish masalalari
20.02.2021 2047
2021-yil 19-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va tadqiqotlar Instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mazkur Institut tomonidan tashkil etilgan “Yosh qonunshunoslar” Klubiga a‘zo bo‘lish istagida bo‘lgan “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Ochiq muloqot davomida Klub faoliyati va unga a‘zo bo‘lish tartibi to‘g‘risida batafsil ma‘lumot berildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.