Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Biz, yoshlar – korrupsiyasiz kelajak tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
19.02.2021 3375
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O'zbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mirzo Ulug'bek tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Biz, yoshlar – korrupsiyasiz kelajak tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda soʻzga chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Mirzo Ulugʻbek tuman Yoshlar ishlari agentligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti masʼul xodimlari talaba-yoshlarga korrupsiya oʻta ogʻir jinoyat ekanligi, unga nisbatan murosasiz kurashish gʻoyasini yoshlarimizga singdirish, ularga faqat halol mehnat orqali daromad orttirish toʻgʻrisida fikrlarini bildirdilar. Uchrashuv davomida Korrupsiya tizginlanmasa, taraqqiyot yoʻlida qilinayotgan islohotlar, oʻzgarishlar oʻz samarasini bermasligi, korrupsiya darajasining yuqoriligi mamlakatning xalqaro miqyosda obroʻsini tushirishi va investitsiyaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi haqida soʻz bordi. Tadbirda talabalar faol qatnashib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.