Talabalar ishtirokidagi navbatdagi sud majlisi
17.02.2021 1920
Bugun, 2021 yil 17-fevral kuni JIDUda Mirzo Ulug'bek tumani sudyasi B.Berdiyev raisligida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi. Sud, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qism b-bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan ayblanayotgan sudlanuvchilarning jinoyat ishini ko'rib chiqdi.
Sud jarayonida dotsent vazifasini bajaruvchi O.Yusufjonov va “Xalqaro huquq” fakulteti ikkinchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo'ldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Bu jarayonda sudya tinglovchilarga nazariyani o'rganish jarayonida olgan bilimlarini namoyish etish imkoniyatini berdi. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Jarayon yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.