13.02.2021 1801

Joriy yilning 12 fevral kuni talaba yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni jismoniy chiniqtirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali bilan hamkorlikda talabalar o’rtasida futbol turneri o’tkazildi.

Futbol turniri juda ham qiziqarli va shiddatli kechdi. Kelajakda bu kabi sport musobaqalarini davomli ravishda amalga oshirish va ikkala universitet o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari ham kelishib olindi.