08.02.2021 2298

2021-yil 6-fevral shanba kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Rektorini universitet talabalari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvni Rektor K.X.Karimov kirish soʻzi bilan ochib berdilar.

Uchrashuv universitet talabalarini yangi yutuqlari bilan tabriklashdan boshlandi, jumladan, Humoyun Boboyev I.Karimov nomidagi respublika stipendiyasi bilan taqdirlanganligi, Xasanova Maftuna va Gʻiyasov Abutolib Indoneziya parlamentining parlamentlararo hamkorlik qoʻmitasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda faol ishtirok etgani hamda yaxshi qilingan prezentatsiyalari uchun hukumat tomonidan tashakurnoma eʼlon qilinganligi, doktorant Zaynobiddinova Farangiz OʻzR Prezidenti stipendiyasiga sazovor boʻlganligi, talaba Berkinov Jaxongir A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi bilan taqdirlanganligini mamnuniyat bilan eʼlon qilindi. JIDU taniqli xorijiy universitetlari hamda respublikaning nufuzli oliygoxlari qatorida boʻlishi, talabalar bundan-da katta yutuqlarga erishishligi boʻyicha tilaklar bildirildi.

Universitet talabalari tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan: Rektorni studentlar bilan savol-javoblari boʻyicha - koʻpdan-koʻp qiziqarli savollar berildi. Jumladan, studentlarni yangi innovatsion loyihalarda ishtirok etishi, yoshlar klublarini JIDUda universitet yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilishi, yoshlar ilmiy ishlarini ilmiy nashrlarda chop etilishini tashkil etish, oʻquv jarayonini takomillashtirishga, yotoqxona muammolarini hal etishga qaratilgan qator ijobiy takliflar kiritildi. Barcha savollar boʻyicha aniq javoblar berildi.

Uchrashuvda JIDUning barcha kurs talabalari faol ishtirok etishdi.

Mazkur tadbir barcha talabalar va ishtirokchilar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib olindi.

JIDU Matbuot xizmati.