06.02.2021 1964

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, "Ulug'bek" nomidagi O'zbekiston Respublikasi Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilgan 2021-yilning eng yaxshi maqolasi bo'yicha "Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" tanlovi g’olibi, "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 3-bosqich talabasi Karimova Oydin Sanjar qizini samimiy tabriklaydi.

Karimova Oydin 2018 yil ilk talabalik yillaridanoq o’zining intellektual salohiyati va universitet tadbirlarida faolligi bilan kursdoshlari orasida ajralib turgan. Jumladan, u bir necha bor O’zbekiston Respublikasi OTM talabalari orasida o’tkazilgan shaxmat musobaqalarining shahar bosqichida faxrli 2-o'rinni egallagan, shuningdek BMT, Evropa Ittifoqi hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti modellarida va boshqa turli konferentsiyalarda faol ishtirokchi va ko'ngilli sifatida faoliyat olib borgan. Hozirda Karimova Oydin -  IT-parkning JIDUdagi brend ambassadori.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati g'olibimizga yangi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat va omad tilaydi.