Xitoydan muhim xushxabar: Chinese service center for scholarly exchange JIDU magistraturasidagi taʼlim sifatiga yuqori baho berdi
06.02.2021 1898
2019-2020 oʻquv yilida JIDU Magistratura bosqichining “Xalqaro huquq” yoʻnalishini tamomlagan xitoylik talaba Vang Feng Xitoyning jiddiy akademik talablariga asoslangan nostrifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli ravishda oʻtib, mamlakat hukumatining tegishli davlat guvohnomasi bilan taqdirlandi.
JIDU professor-oʻqituvchilari Vang Fenni ushbu yutuq bilan chin yurakdan muborakbod etib, uning kelgusidagi kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda bir qator xorijiy mamlakatlar, jumladan, Xitoylik talabalarning JIDU magistraturasiga oʻqishga boʻlgan qiziqishi kuchayib borayotganligi quvonarli holdir.