"Xalqaro huquq" fakulteti 4-kurs talabasi Berkinov Jaxongir Xayrullayevich Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi
06.02.2021 2416
2020/2021 - o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomlaridagi Davlat stipendiyalari bo’yicha o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabasi Berkinov Jaxongir Xayrullayevich Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.
Universitet jamoasi Berkinov Jaxongir Xayrullayevichni hamda uning ilmiy rahbari Tashev Farruh Muzaffarovichni ushbu sharafli natijalari bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusida kattadan-katta yutuqlarga erishishiga tilak bildiradi.