Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqich talabasi Xumoyun Boboyev Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi
06.02.2021 1895
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi “O’zbekiston talaba-yoshlarni rag’batlantirish choralari to’g’risida”gi PF-555-sonli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi” 226-son qaroriga muvofiq, 2020/2021-o’quv yilli uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomdor stipendiyalarni tayinlash to’g’risidagi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 1-fevraldagi 56-sonli buyrug’iga asosan, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekan muovini S.Tillaxodjayeva ilmiy rahbarligida 4-bosqich talabasi Boboyev Xumoyun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo’ldi.
X.Boboyev bir necha respublika fan olimpiadalari g’olibi, 10 dan ortiq ilmiy va publisistik maqolalari yurtimiz va xalqaro jurnallarda, ilmiy konferensiyalar to’plamlarida chop etilgan, Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan o’tkazilgan Butunrespublika fransuz tili o’rganuvchi talabalari “Frankofoniya” tanlovi g’olibi. 2018-yil Fransiyaning Labol xalqaro frankofon madaniyat markazining xalqaro dasturlarida stajyor hamda 2019-yil guruh yetakchisi sifatida ishtirok etgan.
Universitet ma’muriyati X.Boboyev va uning ilmiy rahbarini samimiy muborakbod etadi, hamda ularning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.