03.02.2021 2038

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish, yoshlarni teatrlar, muzey va muzey qoʻriqxonalar hamda kinoteatrlarga jamoaviy borishini tashkillashtirish rejasiga binoan 2021-yil 1-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1 kurs talabalari uchun darsdan keyin “Respublika kinoprokat markazi” DUK bilan hamkorlikda “Rangsiz tushlar” nomli badiiy film namoyish etildi. Film maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaga ega boʻlib yoshlarni hayotda uchraydigan muammolarni toʻgʻri xal etishga, yoʻldan adashmaslikga, jinoiy ishlarga qoʻl urmaslikga, ota-onani hurmatini joyiga qoʻyishlikga hamda oʻz oilasini koʻz qorachigʻidek avaylab asrashga qaratilgandir.

Tadbir soʻngida koʻp savol-javoblar boʻldi, film talabalar tomonidan zoʻr qiziqish bilan qabul qilindi.  

JIDU matbuot xizmati.