08.11.2016 30951

2016-yil 5-noyabr kuni soat 12:00da JIDUning “Protokol va etiket” zalida “Tadbirkorlik faoliyatini   rivojlantirish  va xususiy mulkni himoya qilish tizimini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida  ko‘rsatilgan masala va vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari, JIDUning professor-o‘qituvchilari, katta ilimiy xodim- izlanuvchilari, magistr va bakalavrlar talabalari qatnashdilar.

Davra suhbati ishtirokchilari JIDU “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti S.A.Shodieva, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi rais o‘rinbosari A. M. Ikramov,  JIDU “Iktisodiy nazariya” kafedrasi dotsenti G. S. Toniyans, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi mas’ul xodimi Sh. B. Bakaevlarni ma’lumotlarini katta qiziqish bilan  tinglashdi, munozaraga kirishdilar, berilgan savollarga javoblar olishdi.