28.01.2021 2442

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xotin qizlar maslahat кengashi” qoshidagi  “Olima  ayollar  uyushmasi” va “Lider qizlar” klubining  raisi va muovini saylandi.

Prezidntimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda  Uchinchi  Renessans  poydevorini  barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar,  Navoiy  va  Boburlarni  tarbiyalab  beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta  marralarni  qo‘yib,  ularga  erishishlari  uchun  keng  imkoniyatlar yaratish va har  tomonlama  ko‘mak  berish – barchamiz  uchun  eng  ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk  va qudratli  kuchga  aylanadi”, deya  aytilgan so‘zlari yoshlarga yangicha jo‘shqinlik va g‘ayrat baxsh etdi. Zero, Uchinchi Renessans davrini yorqin kelajak va taraqqiy etgan mamlakatni barpo etish ishlarini  yetuk olimlarsiz bajarib bo‘lmasligini davlatimiz  Rahbari tomonidan bejiz aytimayapti.  

Shu  maqsadda  2021 yil 25 yanvar' kuni JIDU XQMK tashabbusi bilan, “Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ularni kelajakdagi nufuzini oshirish” mavzusidagi  universitet professor- o‘qituvchilar va talaba qizlari bilan saylov majlisi o‘tkazildi.  Saylov  majlisidan  maqsad: xozirgi kunda davlatimizda ilmu- fan sohasida yoshlar va ayollarga doir olib borilayotgan ishlar yuzasidan kelib chiqib, universitetda   “Olima ayollar uyushmasi” va “Lider qizlar” klubi raisi va muovinlarini tayinlash va istiqbolli ish rejasini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi. Saylov majlisini JIDU “XQMK” raisi prof. E.S Sultanova olib bordi. Majlisda XM fakul'tetining dekan muovini S.Tillaxodjaeva , “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedra mudiri L.M Toshpo‘latova, “Tizimli taxlil” kafedrasi dosenti G.M Raimova, “Xuquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi dosenti R.Yu.Yusuvalieva, “JIvaXIM” kafedra dosentlari S.A.Zakirova,  S.T.Turaeva va barcha universitet talaba qizlari qatnashdilar. Saylov  majlisini  Sultonova E'tibor Siddikovna quydagi  kirish  so‘zlari  bilan  ochib berdi: “Prezidentimiz  tomonidan  ayollarni ilm-fanga jalb etishga katta e'tibor berilmoqda. Olima ayollar uyushmasi respublika va shaxar miqyosida ayollar va yoshlar orasida turli anjumanlar, tanlovlar o‘tkazmoqda. Bu ishlar universitetda xam tizimli ravishda olib borilmoqda, takomillashtirilmoqda.  Jumladan,  JIDU  Olima  ayollar  uyushma raisi  va  o‘rinbosari hamda Lider qizlar klubiga muovini  yangi  vakillarini belgilab olishimiz  kerak. Xotin qizlar maslaxat kengashi  tavsiyasiga binoan,  JIDU Olima ayollar uyushmasi raisi etib, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedra mudiri L.M Toshpo‘latova, muovini etib “Tizimli taxlil”  kafedra dosenti G.M Raimova tayinlandi. Shuningdek “Lider qizlar” klubi  raisi etib  2 kurs talabasi Ilmiddinova Madina,  muovini  etib  Xalqaro  Munosabatlar  fakul'teti 1 kurs talabasi Nurmatova Umida tayinlandi.

Tashkiliy masalalar  xal  etilgan  xolda  universitet  olimalari  bo‘lajak “Shanxay Xamkorlik Tashkiloti davlatlari Lider ayollar” forumiga tayyorgarlik borasida  ishlar rejasini belgilab oldilar. Universitet Xotin qizlar Maslaxat Kengashi  raisi prof. E.S Sultanova barcha professor o‘qituvchi va talabalarni ushbu ilmiy yo‘nalishdagi Xalqaro Forumda faol ishtirok etishlarini taklif etdi.

JIDU Xotin qizlar Maslaxat Kengashi