27.01.2021 3181

2021-yil 1-fevraldan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinika huquqiy yordam istab murojaat etuvchilar uchun qabulni qayta tiklaydi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolari bu yerda bepul huquqiy yordam olish imkoniyatlariga ega.

Murojaat etuvchilarning yoki huquqshunoslar tilida gapiradigan bo’lsak, “ishonch bildiruvchilar”ning ishlarini ko'rib chiqishning to'xtatib turilishi COVID-19 pandemiyasi bilan bog'liq edi. 

JIDU qoshidagi yuridik klinika 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. O'tgan yillar mobaynida bu yerda kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar vakillari, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, nafaqaxo’rlar va boshqa toifalarga kiruvchi murojaat etuvchilarning ko'plab muammolariga yordam ko'rsatildi.

Bepul huquqiy maslahat, ishlarni ko'rib chiqish, sudga murojaat qilish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda yordam berish tajribali yuristlar rahbarligida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti talabalari tomonidan taqdim etilib boriladi. Bunday murabbiylar orasida "Xalqaro huquq" fakulteti dotsenti Ziyodulla Ubaydullayev, yuridik fanlar doktori Irina Cherkashina, advokat Galina Mayorova va boshqalar bor. 

Klinikada fuqarolik, oila, mehnat va xo'jalik ishlarida yuzaga keladigan huquqiy masalalarga huquqiy yechim yo'llari ko'rsatiladi.

Bu yerga yordam istab murojaat etuvchilar uchun, Yuridik klinika, huquqiy maslahat hamda yordam manbaiga aylanib qolgan. Jo'shqin va tashabbuskor talablarning samimiy qo'llab-quvvatlashlari bilan bu yerga yordam so'rab murojaat etayotgan murojaatchilarning muammolarini hal qilish ishlari kafotlanadi. Bu yerda huquqiy yordam ko'rsatadigan ishlarning aksariyati "ishonch bildiruvchilar"ning foydasiga hal qilinib kelinadi.

Yuridik klinikaning ish faoliyatida ishtirok etish orqali bo'lajak xalqaro huquqshunoslar olgan bilimlarini amaliyotda qo'llash, xususiy va iqtisodiy huquqda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlar haqida ma'lumot va tajribaga ega bo'ladilar. Bu talaba yoshlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari uchun bo'lajak, yetuk kadrlar bo'lishlari bilan bir qatorda, zamonaviy tashqi siyosatimiz kelajaklari hamdir. Ertaga esa bugungi talabalar o'zlarining bilim zahiralarida muayyan ishlarni ko'rib chiqish tajribasiga ega bo'lib, har bir murojaatning orqasida odamlarning taqdiri borligini anglab, adolatga va nizolarni imkon qadar professional va mas'uliyatli tarzda hal etishga hissa qo'sha oladilar.