19.01.2021 1873

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi fizika-matematika fanlari doktori, professor, kafedra mudiri  Abdujabbor Sattarovich Rasulovni tavvalud topgan  kuniga 70 yil toʻlishi munosabati bilan muborakbod etadi!  

Professor A.S.Rasulov Universitetning tashkil etilishini birinchi kunidan boshlab ushbu  oliygohda samarali  faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻz mehnat faoliyatida taʼlim jarayonini yangitdan tashkil etish, taʼlim tizimiga yangi innovatsion usullarni joriy etish, xalqaro sohadagi mutahassislarni tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshishga sazovor boʻlgan olimdir. Koʻpchilik bitiruvchi talabalari xozirda yetakchi xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Elchi lavozimlarida ishlab kelmoqdalar.

Olimning barcha asarlari va mehnat yutuqlari taʼlim jarayonini takomillashtirishga, jumladan matematika fanini rivojlantirishga qaratilgandir.

A.S.Rasulovning koʻp qirrali pedagogik va mehnat faoliyati olimning yuqori ish qobiliyati va salohiyatidan dalolat beradi.

Hurmatli Abdujabbor Sattarovich, JIDU jamoasi Sizni 70-yoshli tavvalud kuningiz bilan chin dildan muborakbod etadi, Sizga uzoq umr, oilaviy baxt, mehnat faoliyatingizda yangi ijodiy yutuqlarni tilab qolamiz! 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi