JIDU Yuridik klinikasi hamda "Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi" kafedrasi tomonidan o’tkazilgan "Inson huquqlari va globallashuv" ilmiy maqolalar tanlovi natijalari e’lon qilindi
16.01.2021 2327
2020-yilni oxirida JIDU Yuridik klinikasi hamda “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi tomonidan Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining 1-2-3-4-kurs talabalari o’rtasida “Inson huquqlari va globallashuv” mavzusida eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi o’tkazildi.
Tanlov natijalariga ko’ra:
- 1 - o’ringa – “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabasi Vahidov Farzin Bahodirzoda;
- 2 - o’ringa – “Xalqaro huquq” fakulteti 1 kurs talabalari Muxtorov Mirsaid Muhsim o’g’li va Holliyeva Sojida Murodbek qizi;
- 3 - o’ringa – “Xalqaro huquq” fakulteti 2 kurs talabasi Qo’ldosheva Sitora Avazjonovnalar loyiq deb topildi.
JIDU jamoasi talabalarimizni g'alabalari bilan chin qalbdan tabriklaydi va ularga ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!