14.01.2021 3266

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi Sizlarni 14-yanvar Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, siz va yaqinlaringizga tinchlik-osoyishtalik va sihat-salomatlik tilaydi.

 

Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni koʼrsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
ulday diyoringni asra hamisha!

 

Duosi, soʼzlari yoningda tursin,
Nuringdan yuzlari yodingda tursin,
Mexrli koʼzlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!

 

Singling bor,- tegrangda parvona, halak,
Ogʼa-ining esa – magʼrur, dovyurak.
Chin doʼstlaring boʼlar yurakka tirgak-
Qatorda noringni asra hamisha.

 

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qoʼrgʼon, or – senga qoʼrgʼon,
Oringni – boringni asra hamisha.