14.01.2021 3581

2021-yil 13-yanvarda JIDUda universitet talabalari va professor-oʻqituvchilarining xorijiy mamlakatlardagi respublika elchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvni oʻtkazishdan maqsad respublika tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy sohasida xalqaro munosabatlar boʻyicha malakali mutahassislarni tayyorlash, oʻsib kelayotgan avlodni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan tarbiyalash, oʻquv reja va dasturlarni amaliy ahamiyatini kuchaytirish, taʼlim jarayonini amaliyotga yaqinlashtirish deb belgilangan.

Tadbirda Dilshod Axatov – Oʻzbekiston Respublikasini Hindistondagi Elchisi, Javlon Vaxabov – OʻzRni AQSHdagi Elchisi, Ulugbek Lapasov - Jeneva shahridagi BMTning va boshqa xalqaro tashqilotlarning boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasini Doimiy vakili, Feruza Maxmudova – OʻzRni Isroildagi Elchisi, Said Rustamov – OʻzRni Buyuk Britaniyadagi Elchisi, Ravshan Usmanov – OʻzRni Malayziyadagi Elchisi, Abat Fayzullayev – OʻzRni Avstriyadagi Elchisi, Umid Shadiyev – YUNESKO huzurida Oʻzbekiston Respublikasini Doimiy vakili ishtirok etdilar.

Taklif etilgan barcha xorijdagi diplomatik missiya rahbarlari oʻz vaqtida JIDU bitiruvchilari boʻlgan.

Shu sababli yuqori martabali diplomatlar nafaqat oʻzlarining studentlik davrlari haqida, balki Oʻzbekistonning ushbu davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini holati va istiqbollari, yangi Oʻzbekistonni diplomatiya boʻyicha xalqaro tashabbuslari ahamiyatini yoritib berdilar.

Oʻzaro muloqot chogʻida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi, JIDU professor-oʻqituvchilariga mamlakatimizni dunyo miqyosidagi mavqeini yanada koʻtarishga hissa qoʻshayotganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuvning yakunida JIDU rektori K.Karimov oliy toifadagi diplomatlarning tashriflari uchun minnatdorchilik bildirdilar va ularning masʼuliyatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldilar.

2019/2020 oʻquv yilida JIDUda 100 dan ortiq tadbirlar oʻtkazildi: xorijiy mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, chet el ekspertlari va taniqli olimlar ishtirokida qator uchrashuvlar, konferensiya va vebinarlar tashkil etildi.

Uchrashuv doʻstona va konstruktiv shaklda oʻtkazildi, yakunida studentlar mamlakatimiz elchilari bilan birgalikda esdalik uchun rasmga tushdilar.