03.11.2016 31162

2016-2017 o'quv yiliga mo'ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Bitiruvchilar soati”da O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Eranov Alisher Abdurasulovich va Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamenti bosh inspektori Tashpo'latov Xurshid Sabirjanovichlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Departament faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo'yiladigan asosiy talablar borasida ma'ruza o'qildi. Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko'nikmalarini yanada boyitdi. Uchrashuv yakunlariga ko'ra talabalar Adliya vazirligi bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha fikr va mulohazalar almashdilar.