30.12.2020 2629

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida oʻtib borayotgan yil sarhisob qilinib, mamlakatimizning kelgusi hayoti aks etgan muhim vazifalar va yoʻnalishlar belgilab olindi.

2020-yil mamlamkatimiz tarixida koʻpgina sohalarda tub boʻrilishlar yili boʻldi. Payoniga yetib borayotgan yilda pandemiya sabab xalqimiz ogʻir sinovlarni boshidan oʻtkazdi. Shu oʻrinda Prezidentimiz mehr-sahobat yoʻnalishlar olib borilgan ishlar haqida toʻxtalar ekan, ushbu hayr-sahobat ishlarida yoshlarimizning koʻngilli ravishda xalqimiz dardiga yelkadosh boʻlganlarini alohida qayd etdilar. Shuningdek yoshlarimizning oʻz loyihalarini amalga oshirishlari uchun IT parklarning bunyod etilgani va unda 500dan ortiq kampaniyalar oʻz faoliyatini boshlagani taʼkidlandi. 

Davlatimiz rahbarining parlamentga bu safargi murojaati ham keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin kutib olindi. Ayniqsa yoshlarning quvonchlari cheksiz. Sababi Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qoʻllab quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish va yangi bosqichga koʻtarish shuningdek aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida kirib kelayotgan yangi 2021-yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nom berishning taklif etilgani hali Oʻzbekiston yoshlar forumidagi taʼsurotlari bilan yurgan yoshlarning gʻayratiga gʻayrat, shijoatiga shijoat qoʻshdi.  Murojaatnomada ishtirok etayotgan butun jamoatchilik vakillari qatori men ham ushbu taklifni chuqur hayajon va joʻshqinlik bilan tik turib olqichladim. Albatta yoshlarning koʻtaringki ruhi barchaga birdek taʼsir etgani aniq. Chunki yigʻilganlarning koʻzlaridagi sevinchdan anglash mumkinki, ular yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularga yoʻl yoʻriq koʻrsatishni oʻz otalik-onalik, aka-opalik burchlari sifatida qabul qildilar. Davlatimiz rahbari ushbu yangi yilda yoshlarni qoʻllash ishlarini samarali amalga oshirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirib oʻtdilar. Jumladan keyingi yildan Oliy taʼlim uchun ajratiladigan grantlar soni kamida 25%ga oshirilishi, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tizimli ishlarning yoʻlga qoʻyilishi zarurligi aytib oʻtildi. Shuningdek, Oliygohlarga kirish uchun ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar 2 mingtaga yetkazilishi hamda aʼlo baholarga oʻqigan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stependiyalarning joriy etilishi alohida taʼkidlandi. Bu ularni Davlat va jamiyat hayotiga yanada koʻproq jalb etish imkonini beradi. Bundan tashqari tanlagan oliygohiga kira olmagan, lekin yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga boshqa istalgan oliy taʼlim dargohiga oʻqishga kirish imkoni berilishi bilimli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash kabi ezgu maqsadga xizmat qiladi.

Yoshlar oʻrtasida bandlikni taʼminlash va ularning tadbirkorligini rivojlantirish Davlatimiz rahbari eʼtibor markazida boʻlishi yoshlarni ish bilan qamrab olish darajasini oshiradi.

Yana bitta muhim tashabbus xorijiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida butunjahon yoshlar konferensiyasini oʻtkazish va 30-iyul kunini “Xalqlar doʻstligi” kuni sifatida nishonlanishi eʼlon qilindi. Bunday xalqaro hamkorlik yoshlarni oʻzaro tajriba almashish va koʻnikmalarini mustahkamlash imkonini beradi.

Prezidentimizning biz yoshlarga bunday imkoniyatlar yaratishi, qoʻllab-quvvatlashi, rahbarlarni biz bilan hisoblashishga chaqirgani bu albatta bizga bildirgan yuksak ishonchidan dalolat.

Uchinchi renessansning haqiqiy drayverlari boʻlgan yoshlar oʻylanmanki, ushbu yuksak ishonchni oqlash uchun tinimsiz harakat qiladilar, oʻrganadilar, izlanadilar. Chunki biz yoshlar bugunning poydevori ertaning egalarimiz.

Abdijabbarova Nazlimxan,
(Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi)