30.12.2020 2237

2020-yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi, uzoq va yaqin xorijdagi Oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida "2020-yil talabasi" o'quv-tadqiqot tanlovi bo'lib o'tdi va unda butun dunyodan 800 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Mazkur tanlovda JIDU, "Xalqaro munosabatlar" fakulteti talabasi Djamalov Fazliddin "Siyosiy fanlar" seksiyasida zamonaviy O'zbekistonning tashqi siyosati bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faxrli 1-o'rinni egalladi.

Tanlov natijalari bo'yicha to'plam tuzildi. To'plam zamonaviy tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb masalalar doirasini ko'rib chiqadi. Tadbirdan ko'zlangan maqsad zamonaviy ilm-fanning amaliy masalalarini muhokama qilish, ilmiy ma'lumotlarni olish usullari va vositalarini rivojlantirish, mutaxassislar tomonidan qamrab olingan sohalarda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, yoshlar ilm-fani bo'yicha tajriba almashish edi.

JIDU rahbariyati g'olibimizni samimiy tabriklaydi va kelgusida muvaffaqiyat va omad tilaydi!