03.11.2016 30534

2016 yil 2 noyabr kuni murabbiylik soatida “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” deb nomlangan suhbat o'tkazildi. Suhbatga Toshkent shahar 1-sonli sil kasalligiga qarshi dispanseri etakchi mutaxassisi shifokor-ftiziator N.G.Shklovets, Murzo-Ulugbek tumani 4-sonli oilaviy poliklinika shifokori I.F.Sharapova, Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika instituti uslubchisi Sh.X.Siddikovalar tashrif buyurdi. Suhbatda sil kasalligining kelib chiqish sabablari, uning tarqalishi va oldini olish yo'llariga batafsil to'xtalib o'tildi. Bundan tashqari suhbatda  qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga alohida urg’u berildi. Bunda istalmagan homila, himoyalanish tartibi, sanitariya va gigiena qoidalariga e'tibor qaratish bo'yicha maslahatlar berildi. Kun tartibiga kiritilgan mavzu yuzasidan taqdimot va videoroliklar namoyish etildi. Suhbatda barcha fakultet 1 kurs talaba-qizlari (40 nafar talaba) ishtirok etdi.