28.12.2020 2451

26-dekabr kuni Rendez-Vous universitetlararo hamjamiyati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ko'magi bilan "Nogironlar huquqlarini himoya qilish: inklyuziv ta'lim sari yo'l" konferensiyasini tashkil etdi.

Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektorlari, O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi rahbari, O'zbekistonning yengil atletika bo'yicha paraolimpiya jamoasi murabbiyi, O'zbekiston ko'ngillilar assotsiatsiyasi vakili, Saljuq universiteti magistranti va JIDU, TSUV va O'zDJU talabalari ishtirok etishdi.

Konferentsiya davomida inklyuziya mavzusi, inklyuziv ta'limning sal mazmuni, O'zbekiston va Turkiyada nogironlarga bo'layotgan munosabat va e'tibor, BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish, ko'ngillilarning ahamiyati haqida so'z yuritildi.

Konferentsiya natijasida mahalliy universitetlarni nogironlarga moslashtirish, universitetlararo hamjamiyat qoshida nogiron talabalar huquqlari bo'yicha maxsus kengash tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi, bu talabalarni talabalik hayotiga faol jalb qilishi takidlandi. Konferensiya ishtirokchilari o'rtasida ta'lim, madaniyat, san'at va ko'ngillilik sohalarida kelgusida hamkorlik qilish uchun o'zaro aloqalar o'rnatildi.