25.12.2020 2040

Joriy yilning 20-22-dekabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinig “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirining 2020-yil 11-noyabrdagi 575-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida universitetimizning talaba yoshlari oʻrtasida sportning “Mini futbol” sport turi buyicha musobaqa oʻtkazildi. Ushbu  musobaqani universitet “JIDU sport klubi” raisi oʻrinbosari Sh.Dilmurodov ochib berdi.  Musobaqada jami 10 jamoada 96 nafar talaba ishtirok yetdi qiziqarli va murosasiz oʻtgan baxslarda faxirli 1- oʻrini Xalqaro xuquq fakulteti talabalari egaladi; 2- oʻrini Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari  eganladi; 3- oʻrinlarni  esa Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari hamda xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari egaladilar. Musobaqa bayramona kayifyatda oʻtdi gʻoliblar diplom va estalik  sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Musobaqani Jismoniy madanyat va sport fani oʻqituvchilari  Sh.Dilmurodov, D.Raxmatov va Xalqaro Iqtisodiyot va Menejment fakulteti 2 bosqich talabasi X.Yarbekov tomonidan nazorat qilindi.