23.12.2020 2396

Joriy yil 22-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida universitetga biriktirilgan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 207-, 222-, 223- umumtaʼlim maktablari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Tadbirda JIDUga biriktirilgan umumtaʼlim maktablari rahbariyati, oʻqituvchilari va oʻquvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar rejalashtirildi va tomonlar vazifalari kelishib olindi. Shuningdek, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi va oʻquvchilari uchun universitet boʻylab ekskursiya va universitet Ingliz tili kafedrasi mudiri Ye.Borisova tomonidan “Ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida master-klass oʻtkazildi. Tadbir soʻngida universitet tomonidan umumtaʼlim maktablari uchun darslik va oʻquv adabiyotlari taqdim etildi. JIDUga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchi va oʻquvchilari mazkur tadbir katta taʼsurot qoldirganligini eʼtirof etishdi.