23.11.2015 38387

“Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostida 2015 yil 16-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Yoshlar haftaligi” bo'lib o'tdi. Ushbu haftalik davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ham ishtirok etdi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni O'zbek milliy akademik drama teatrida talabalar teatr-studiyalari festivali yakuniga bag’ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Shekspir ixlosmandlari” teatr studiyasi 2-o'rinni qo'lga kiritib, “Jahon mumtoz asarlarining o'ziga xos talqini uchun” nominatsiyasi bilan  taqdirlandi.