19.12.2020 2408

18-dekabr kuni JIDU va Ispaniyaning San-Pablo Universiteti talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o'z mamlakatlaridagi madaniyat, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat haqida so'zlab berishdi. Talabalar Ispaniya, uning madaniyati, urf-odatlari va zamonaviyligi to'g'risida o'zlari uchun yangi tasavvur shakllantirdilar.

O'z navbatida, bizning talabalarimiz Ispanyalik do'stlariga O'zbekistonni yetarlicha tanishtirib berdilar. Ular iqtisodiyot, huquq, tashqi siyosat va sayyohlik salohiyati sohalaridagi yutuqlarimiz haqida so'zlab berishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar iliq tilaklar bilan almashib, hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va yana bir do'stona uchrashuv o'tkazishga kelishib oldilar.

Eslatib o'tamiz, 2019-yilda ikki universitet o'rtasida ilmiy, akademik va madaniy masalalarda keng hamkorlikni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolangan edi.