18.12.2020 2169

Prezidentimizning 2020 yil 30 oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099 Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Johon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlari o‘rtasida 16-17 dekabr kunlari “Shahmat-shashka” sport turi bo‘yicha musoboqa bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, bu galgi turnirda nafaqat talaba yoshlar, balki universitetimiz professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etishdi. Do‘stona ruhda o‘tgan musoboqaning ochilish marosimida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor L.O‘.Mingishov ochib berdi va bu kabi tadbirlarni tashkil etishning salomatligimizga bo‘lgan ijobiy ta’siri haqida to‘xtalib, undagi ishtirokchilarga omad tilab o‘tdi. Bellashuvlar yakunida professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida faxirli 1-o‘rni A. Muxitdinov, 2-o‘rin L. Mingishov, 3-o‘rin R.Maksumov. Talaba yoshlar orasida esa shahmat sport turi bo‘yicha faxirli 1-o‘rini T.Alixojaev, 2-o‘rin E.Sadullaev, 3-o‘rin S.Shamshiddinov egalladilar. Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘rini M.Iskandarova, 2 o‘rin M.Salimova, 3-o‘rin D.Esanboevaga nasib etdi. Shashka sport turi bo‘yicha esa faxirli 1-o‘rini Sh.Bobosharipov, 2-o‘rin A. Rajaboev, 3-o‘rin S.Saraevga nasib etdi. Qizlar o‘rtasida esa faxirli 1- o‘rin N.Boboqulova, 2- o‘rin O. Abduraxmonova, 3-o‘rin M.Sunatovalar qo‘lga kiritishdilar. Jismoniy madaniyat va sport fani o‘qituvchilari Sh. Dilmurodov. D. Raxmatov va XIM fakulteti 2 kurs talabasi X.Yorbekov tomonidan musobaqalar o‘tkazildi va nazorat qilindi.