16.12.2020 2549

Bugun, 2020 yil 16-dekabr kuni JIDUda Mirzo Ulug'bek tumani sudyasi F.Turaxodjayev raisligida sayyor sud majlisi (bbb.uwed.uz platformasi orqali) bo'lib o'tdi.

Sud jarayonida  dotsent v.b. O.Yusufjonov, JIDU Yuridik klinikasi direktori,  dotsent Z.Ubaydullayev, Xalqaro huquq fakulteti dekani Sh.Urunbayev, dekan muovini F.Tashev, S.Ibodullayev va “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo'ldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Bu jarayonda sudya tinglovchilarga nazariyani o'rganish jarayonida olgan bilimlarini namoyish etish imkoniyatini berdi. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Hukm chiqarilishidan oldin sudya sud hukmi to'g'risida tinglovchilarning fikrini so'rashga qaror qildi. Jarayon yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.