JIDU Yuridik klinikasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasinining qabul qilinganligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan XII an’anaviy talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi
15.12.2020 2044
2020-yilnig 12-dekabr kuni JIDU Yuridik klinikasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasinining qabul qilinganligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan XII an’anaviy talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ochilishida Universitet prorektori G.S.Ismailova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakili A.T.Yunusova, “Xalqaro huquq” fakulteti dekani Sh.B. Urunbaevlar o’zlarining kirish so’zlari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyada talabalarning xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquqqa oid dolzarb nazariy va amaliy mavzularidagi chiqishlari barcha ishtirokchilar orasida qizg’in bahs va munozalarga sabab bo’ldi.
O’tkazilgan ushbu konferensiya barcha professor-o’qituvchilar va talabalarda katta taassurot qoldirdi.