05.12.2020 2347

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi Sarayev Samandar Rafailovich “Eng yaxshi yosh olim - 2020” II Xalqaro Kitob Nashrida 1-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun “MDHning eng yaxshi yosh olimi - 2020” medali bilan taqdirlandi. Uning ilmiy maqolasi MDH mamlakatlaridan saralanib olingan boshqa ishtrokchilarning turli sohalardagi ilmiy asarlari bilan bir qatorda chop etildi.

Universitet ma’muriyati Samandarni tabriklaydi va yangi ilmiy izlanishlarida yanada katta muvaffaqiyatlarni tilab qoladi.