JIDU talabasini tanlovda g'olib bo'lganligi bilan tabriklaymiz
05.12.2020 2552
Joriy yilning 3 dekabr kuni Qirg'iziston Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasida, Qirg'izistonning siyosiy etakchichilaridan biri, faylasuf Isxak Razzoqov tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Qirg'iziston Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari va taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, shu yil noyabr oyida Qirg'iziston Respublikasi Elchixonasi tomonidan, bir qator oliy o'quv yurtlari talabalari va umumta'lim maktablari o’quvchilari orasida tashkil etilgan "Isxak Razzoqov hayoti va faoliyati", shuningdek "Qirg'iz-o'zbek hamkorligi" mavzularidagi eng yaxshi insho tanlovi natijalari e'lon qilindi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
- 1-o'rinni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqich talabasi Mavlonov Shahzod Sobir o’g’li egalladi.
- 2-o'rinni Bo'ka shahridagi 125-maktab o'quvchisi Yangarova Sevinch Xayrullo qizi egalladi.
- 3-o'rinni Toshkent Moliya institutining 2-bosqich talabasi Sindor Rashidov Suyar o’g’li egalladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan halqaro munosabatlar fakulteti dekan muovini S. Tillaxodjayeva so'zga chiqib, JIDU talabalari Qirg'izistonning siyosiy-iqtisodiy faoliyati, ma'naviy-ma’rifiy, ta'lim, madaniy va milliy an'analariga katta qiziqishi borligini va shu sababli bizning talabamiz g’olib bo’lgani, universitet uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.