Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, diplomatiya va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qiziquvchi yoshlarni jalb qilishga qaratilgan “World student summit”
30.11.2020 2447
2020-yil 30-noyabr kuni onlayn tarzda iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, diplomatiya va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qiziquvchi yoshlarni jalb qilishga qaratilgan “World student summit” bo’lib o’tdi.
Ushbu xalqaro konferensiyada Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - Аkmal Jumaboev, Ahmed Modamed Aziz Ismail - Benha University professori, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi va bir qancha xalqaro talabalar ishtirok etishdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti nomidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori - Eʼtibor Sultanova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti doktaranti - Gulnoza Аzimova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yu.f.f.d (yuridik fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) - Surayyo Usmanova va Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi o’qituvchisi Eshonqulov Muhammadali so’zga chiqishdi.