Universitetda navbatdag sayyor sud majlisi bo’lib o’tdi
27.11.2020 2353
2020 yil 26-noyabr kuni JIDUda Jinoyat ishlari bo’yicha Uchtepa tumani sudi raisi D.Kamilov va sudyasi T.Turaqulov raisligida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan sudlanuvchining jinoyat ishini ko'rib chiqdi.
Sud jarayonida dotsent v.b. O.Yusufjonov, JIDU Yuridik klinikasi direktori, dotsent Z.Ubaydullayev, Xalqaro huquq fakulteti dekani Sh.Urunbayev va “Xalqaro huquq” fakulteti ikkinchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo'ldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Bu jarayonda sudyalar tinglovchilarga nazariyani o'rganish jarayonida olgan bilimlarini namoyish etish imkoniyatini berdi. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Jarayon yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.