Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” manaviy-maʼrifiy tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda
25.11.2020 2533
Joriy yilning noyabr oyidan boshlab beglilangan jadval asosida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kafedra mudirlari Toshkent shahrining Bektemir, Uchtepa va Chilonzor tumanlari mahallalarida tashkil etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” manaviy-maʼrifiy tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida professor-oʻqituvchilar tomonidan yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa islohotlarlarning mazmuni va ularning yurtimiz rivojiga qoʻshgan hissasi haqida batafsil tushuntirib berishmoqda. Soʻnggi toʻrt yil mamlakatimiz tarixida tub islohotlar va yangilanish davri boʻldi. Ayniqsa, yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularning axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.
Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish va aholi kayfiyatini koʻtarish maqsadida oʻtkazilgan tadbirlarda taniqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, madaniyat arboblari, teatr aktyorlari va yoshlardan iborat targʻibotchilar guruhlari tomonidan bildirilgan fikrlar va namoyish etilgan sahna koʻrinishlari, shuningdek, vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbir qatnashchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Hozirda Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.