Xavfsizlik muammolarini o’rganish bo’yicha Jorj Marshall Yevropa markazi professori Gregory Gleasonning JIDU talabalari, tadqiqotchilari va o’qituvchilari uchun onlayn ma’ruzalari boshlandi
19.11.2020 2009
18 noyabr kuni professor Gregory Gleason “International Relations and Global Politics” mavzusidagi birinchi onlayn ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Mazkur vebinar JIDU xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro muammolarning amaliy tahlili” tomonidan tashkil etildi. Webinarda 80 dan ortiq talabalar, doktorantlar va o’qituvchilar ishtirok etdilar. Professor G.Gleason jahon siyosatining zamonaviy tendensiyalarini, xalqaro munosabatlarda sodir bo’layotgan transformatsion jarayonlarni atroflicha tahlil qilib, xalqaro muammolarni tadqiq etishning zamonaviy nazariy asoslari haqida so’zlab berdi. Ma’ruza talabalar va o’qituvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Ma’ruza yakunida professor G. Gleason ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Professor G.Gleasonning onlayn ma’ruzalari sikliga barcha qiziquvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz, va keying ma’ruzalar haqida qo’shimcha ravishda e’lon qilamiz.