18.11.2020 5515

Joriy yilning 14 noyabr kuni Xalqaro munosabatlar fakulteti akademik guruhlarida, navbatdagi murabbiylik soati, «Yoshlar ertangi kun bunyodkori» hamda «Maʼrifat va diniy bagʼrikenlik» mavzulari yuzasidan yuqori saviyada oʼtkazildi.

Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari deyarli barcha mamlakatlar uchun global masala hisoblanadi. Yoshlar tarbiyasi mavzusi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev BMT Bosh Аssambleyasi 72-sessiyasida shunday degan edi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʼlib kamolga yetishi bilan bogʼliqdir. Shunday ekan, bugungi kunda, biz ustoz-murabbiylarni asosiy vazifamiz – yoshlarning oʼz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʼravonlik gʼoyasi- “virusi” tarqalishining oldini olishda tushuntirish ishlari olib borish, yosh avlodni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi koʼp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.

Yoshlarni tarbiyalashda ularning ruhiyatiga oʼz-oʼzini anglash tuygʼularini singdirish orqali ijtimoiy yetuklikka erishish mumkin, binobarin bu tuygʼu, insonning maʼnaviy shakllanishi jarayonida voyaga yetadi.

Yoshlarda bunyodkorlik elementlarini milliy qadriyatlarimiz va milliy bagʼrikenglik tamoyillari orqali rivojlantirish, xalqimizning koʼp yillik anaʼnalari, madaniyati, urf-odatlari, milliy bayramlari, boy, qadimiy merosi oʼzining alohida oʼrni va ahamiyatiga egadir. Yoshlarda milliy iftixor, milliy gʼururni shakllantirish va mustahkamlash asosida ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga alohida ahamiyat berishimiz zarur.

Аqliy zakovat, maʼnaviy komillik, diyonat, muruvvat, mehr-oqibat – bular barchasi maʼrifatli, maʼnaviyatli insonlarning asosiy fazilatlari sanaladi. Аna shu fazilatlarni yoshlarimizda shakllantirish, bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Hozirgi globallashuv jarayonda intizomli, masʼuliyatli, sabr-bardoshli, iymon-eʼtiqodli, bagʼrikeng, ijtimoiy faol, tashabbuskor va shu kabi oliyjanob fazilatlar egasi boʼlgan yoshlargina, kelajak bunyodkori boʼla oladi deb baralla ayta olamiz.

“Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekanati