Xalq diplomatiyasini rivojlantirishda ilm- fanning o'rni
13.11.2020 2403
Shanxay hamkorlik tashkilotitning (ShHT) O'zbekistondagi xalq diplomatiyasi markazida "XXI asrda davlat diplomatiyasini rivojlantirishda ilm-fanning o'rni" nomli videokonferentsiya bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir Tinchlik va taragiyot yulida butunjaxon ilm-fan kunini nishonlash munosabati bilan o'tkazildi. UNESCO qarori bilan ushbu sana 2002 yildan buyon nishonlanib kelinmoqda. Forumda jamoat arboblari, olimlar, siyosatshunoslar, tarixchilar, filologlar, o'qituvchilar, xalqaro aloqalar va madaniyatlararo tsivilizatsiya mutaxassislari ishtirok etishdi.
Respublikadagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining Fan va ta'lim bo'limi boshlig'i F.M.Otbasarov zamonaviy dunyoda, xalqaro va madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda ilm-fanning ahamiyati haqida so'zlab berdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi farmoni (2010 yil 29 oktyabr) fanni isloh qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy sohani sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi. Bularning barchasi, deydi Faxriddin Otbasarov, bizni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yangiliklarni joriy etish bo'yicha doimiy va keng ko'lamli ishlarni olib borishni majbur qiladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan mazkur onlayn-konferentsiyada siyosiy fanlar doktori, professor E.S. Sultonova va filologiya fanlari doktori, professor F.I.Mo'minova ishtirok etishdi.
Professor E.Sultonova o'z ma'ruzasida Markaziy Osiyo xalqlari katta ilmiy hamkorlik tajribasini to'plaganligiga e'tibor qaratdi. Amir Temur va Temuriylar davrida Mirzo Ulubek, Alisher Navoiy va Jadidlar davrida ilm-fan, ma'rifat, san'at va adabiyot keng rivojlandi. Maktablar, markazlar tashkil etildi, ilmiy va adabiy musobaqalar, munozaralar, suhbatlar o'tkazildi. Ustoz-shogird tizimi orqali o'qitish, bilimlarni uzatish amaliyoti keng tarqaldi. Ma'ruzachi Sharqning buyuk olimlarining ilmiy izlanishlar olib borish tajribasini chuqur o'rganish va yoshlar orasida targ'ib qilish zarurligini ta'kidladi. Prof. Mo'minova "Xalq diplomatiyasining media platformasi" mavzusida ma'ruza qildi.
Forumda qiziqarli va mazmunli ma'ruzalar O'zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari tomonidan - Botanika instituti direktori K. Sh.Tojibayev, Zamonaviy tarix markazi bo'limi mudiri M.A.Raximov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan- bosh mutaxassis R.T. Xaydarova, filologiya fanlari nomzodi, tarjimon Z.N. Isomiddinov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudirlari K.S. Nikolaeva ,U. U. Muxibova va boshqalar qildilar.
Muhokama davomida ilmiy, o'quv va tarjima adabiyotlarni tayyorlash va nashr etishning muhimligi va dolzarbligi qayd etildi. Videokonferentsiya ishtirokchilari ta'kidlaganidek, ko'plab kitoblar O'zbekiston va ShHT mamlakatlari olimlari, sharqshunoslari, tarixchilari, filologlarining birgalikdagi faoliyati, o'zaro hamkorligi natijasida nashr etildi.
Fotima Mo'minova,
JIDU professori, nashriyoti muharriri.