27.10.2020 2797

BMT haftaligi yakunida mamlakatimizning Jenevadagi yuqori martabali vakili U.Lapasov bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda dastlab mehmon O'zbekistonning xalqaro tashkilot bilan o'zaro munosabatlari, o'z oldiga qo'ygan vazifa va istiqbollari bo'yicha to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng, so'nngi 3-4 yilda O'zbekistonning tashkilot doirasida nufuzi sezilarli darajada o'zgarganiga alohida to'xtaldi.

Suhbat davomida onlayn ishtirokchilar hamda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Savollar asosan, doimiy vakilimizning talabalik davrlari, diplomatik karerasi va BMTdek nufuzli tashkilot doirasidagi faoliyati bo'yicha bo'ldi. 

BMTning Jenevadagi vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Janobi Oliylari Ulug'bek Lapasovga mazmunli, qiziqarli onlayn uchrashuv, hamda o'z tajribalari va bilimlari bilan o'rtoqlashganlari uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kelajakda samarali hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.