24.10.2020 2594

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2020/2021 oʻquv yili ucun kurslar kesimida oʻqishini koʻchirgan talabalar, yagona masofaviy ta'lim platformasi (Moodle)ga ulanish uchun Siz https://admission.uwed.uz veb-sayti orqali login va parolni olishingiz kerak boʻladi.

Buning uchun Siz pasportingizda ko'rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (PINFL, 14 ta raqam) kiritishingiz zarur.

O'zingizni foydalanuvchi nomingiz va parolingizni olganingizdan soʻng, Siz https://moodle.uwed.uz saytiga kirishingiz hamda onlayn darslarga qatnashishingiz va berilgan topshiriqlarni bajarishingiz mumkin boʻladi.