21.10.2020 2367

Kuni kecha uzoq yillar chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish tajribasining samarasi o‘laroq G.Rixsieva va M.Abduraxmanovaning "O‘zbek tili. Xorijliklar uchun” intensiv kurs o‘quv qo‘llanmasi “Akademnashr” tomonidan chop etildi.

Bu kitobdagi dastur asosida 10 yillardan beri ko‘plab xorijliklar o‘qitib kelinmoqda,  ularning ona tilimizda so‘zlashini eshitib har bir o‘zbekning dili yayrashi shubhasiz.

Mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy salohiyatining o‘sishi ona tilimizga bo‘lgan qiziqishning ham oshishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda dunyoning 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘qitilmoqda.

Ushbu qo‘llanma nafaqat chet elliklarga, balki o‘zbek tilida erkin so‘zlasha olmaydigan hamyurtlarmizga ham yordam beradi. Mazkur qo‘llanmada izohlar ingliz tilida berilgan.

Ayni kunlarda ushbu kitobning elektron qo‘llanma shaklini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, intensiv kurs o‘quv qo‘llanmasini Koreyada nashr etish uchun Xankuk chet tillar universietiti professori Li Ji In bilan hamkorlikda koreys tilidagi izohlar bilan koreyalik talabalar uchun moslashtirilgan holda nashr etishga tayyorlanmoqda.