20.10.2020 2725

2020-yil 20-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kirish imtihonlarida eng yuqori ball olgan va imtiyoz asosida talabalikga qabul qilingan oʻgʻil-qizlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni kirish soʻzi bilan JIDU rektori Komiljon Xamidovich Karimov ochib berdilar. Rektor eng yuqori ball olgan va sport boʻyicha imtiyoz berilgan talabalarni qutlab, ularga tabrik soʻzlarini aytdilar hamda yurtimizda taʼlim tizimiga oid olib borilayotgan islohotlar va ularning samarasi haqida gapirdilar.

Uchrashuvda 1 kurs talabalari va ularning ota-onalari soʻzga chiqdilar, oʻz minnatdorchiligini respublika rahbariyati va universitet rektoratiga bildirdilar.

JIDU Rektori Komiljon Xamidovich Karimov 1 kursga qabul qilingan eng yuqori ball olgan va eng yaxshi natijalarga erishgan talabalarga universitetni esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Uchrashuvdan soʻng talabalar fakultet dekanlari hamda dekan muovinlari bilan birgalikda Universitetda oʻqish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.