24.10.2016 32998

2016 yil 24 oktabr  JIDUda “Intellektual mulk: uning mohiyati, baholash usullari va tartibga solishning huquqiy asoslari” mavzusida ilmiy-amaliy mashg’ulot tashkil etildi.

Ilmiy-amaliy mashg’ulotda “Tashqi iqtisodiy faoliyat” va “Jahon iqtisodiyoti ” yo’nalishi 1 kurs magistrantlari, “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o’qituvchisi Ilhom Erkinovich Xamidov, “Davlat qurilishi va huquqi” kaferdasi mudiri yuridik fanlar nomzodi Rahima Yusupovna Yusuvaliyeva, “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi mudiri iqtisodiy fanlar nomzodi Laylo Maratovna Tashpulatova ishtirok etdi.

Ilmiy amaliy mashg’ulot doirasida BMTTD masalalari bo’yicha mutaxassis I.E. Xamidov intellektual kapitalni baholashning asosiy usullari yoritilgan, intellektual mulkni tartibga solishning huquqiy masalalari muhokama etilgan ma’ruza bilan so’zga chiqdi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishning muammo va istiqbollari va ularni O’zbekistondagi huquqiy himoyasi borasida ham so’z bordi.

Mashg’ulot yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilgan ochiq muloqot tashkil etildi.