12.10.2020 2380

2020 yil 11 oktyabrda Koreya Respublikasining eng nufuzli universitetlaridan biri, xususiy universitetlar reytingida mamlakatda doimiy ravishda birinchi o'rinni egallab keladigan Korea University professorlari janob Kim Xan Kyom, Jey Vuk Choi va Park Sang Vudan iborat bo'lgan delegatsiya JIDUga tashrif buyurdi.

Muzokaralar chog'ida xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor, professor S. Saidkasimov ushbu dunyoga mashhur universitet bilan ilmiy va ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari, xususan, koreysshunoslikning ixtisoslashtirilgan bo'limi va JIDUda koreysshunoslik bo'yicha analitik markazni ochishning tashkiliy masalalari, shuningdek, koreys va o'zbek talabalarining Orol dengizi mintaqasidagi faol qo'shma ko'ngillilar faoliyatini davom ettirish masalalari muhokama qildi.

Ish jarayonini muhokama qilishni on-layn rejimda davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi.